Koreya markaziy axborot agentligi xabariga ko‘ra, Kim Chen In yangi turdagi hujum dronlarining sinov jarayonini shaxsan o‘zi boshqargan.
"Dronlar Shimoliy Koreyaning Uchuvchisiz aviasiya texnologiyalari assosiasiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dronlar quruqlikda va dengizda turli xil taktik yo‘nalishlar bo‘ylab uchib, nishonga aniq zarba berdi", deyiladi xabarda.
Kimning aytishicha, butun dunyoda harbiy dronlardan foydalanish bo‘yicha raqobat kuchayib bormoqda va bu o‘zgarishlar "harbiy nazariya va amaliyotning ko‘plab sohalarini zudlik bilan yangilashni" talab qiladi.