Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Kuvaytda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

A A A
Kuvaytda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

Kuvayt bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Hamad Jobir Ali as-Saboh ayollarga amirlik qurolli kuchlarida xizmat qilishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Kuvayt axborot agentligi xabar berdi (KUNA).

“Kuvayt ayollari barcha sohalarda, mamlakat boshidan o‘tkazgan eng qiyin sharoit va davrlarda erkaklar bilan tengma-teng harakat qilishlarini isbotlashdi, shu bois ularga Kuvayt armiyasida erkaklar bilan yonma-yon xizmat o‘tash imkoniyatini berish vaqti keldi”, – deya mudofaa vazirining so‘zlaridan iqtibos keltiradi KUNA.

Qayd etilishicha, birinchi bosqichda ayollar armiyaning tibbiy va yordamchi bo‘linmalarida kichik ofiser va mutaxassis sifatida xizmat qilishi mumkin.

Kiritildi: 22:45 13.10.2021. O'qildi: 2294 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!