Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kurtua: "Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish oson emas — Mbappega qarang"

Kurtua: "Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish oson emas — Mbappega qarang"

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasining qanchalik murakkab musobaqa ekani haqida gapirar ekan, Kilian Mbappeni misol qilib keltirdi.

"Qaymoqranglilar" tarix davomida Yevropaning eng nufuzli klub turnirida rekord darajada 15 marta g‘olib chiqqan. Biroq jamoa so‘nggi ikki mavsumda muvaffaqiyatdan ancha uzoqda qoldi. Aynan 2024 yildagi so‘nggi g‘alabadan keyin, undan keyingi mavsum oldidan Kilian Mbappe "Real" safiga qo‘shilgan edi.

"Sen "Real"da o‘ynayotgan bo‘lsang, maqsad aniq — Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Ammo buni oddiy va o‘z-o‘zidan bo‘ladigan narsa deb qabul qilmaslik kerak. Mbappega qarang. Bu turnirda finalgacha yetib borish juda qiyin", — deya Kurtuaning so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.

Fransiyalik hujumchi faoliyati davomida hali biror marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan. U dekabr oyida 28 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 11:11 01.10.2026. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!