Kecha La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan Barselona hamda Rayo Valyekano o‘rtasidagi o‘yinda ayni paytda kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi.
O‘yin davomida Messi raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Ammo himoyachi bilan yengil kontakt yuzaga kelib, Leo muvozanatini yo‘qotdi. Hakam esa bu vaziyatda qo‘pollik ishlatilgan yoki ishlatilmaganini, penalti berish kerak yoki kerak emasligini muhokama qilib turganida Messi masalani hal qildi. Ya’ni u bosh hakamga raqib unga nisbatan qo‘pollik ishlatmaganini ko‘rsatdi. Bosh hakam esa o‘z navbatida futbolchining jentlmenligini bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘targan holda olqishlab qo‘ydi.
Messi diciendole al rbitro que no Ha sido penalti
Suarezismo (@mister_culee) 10 marta 2019 g.
Es que ya ni en eso se le puede comparar, el mejor de la historia ? pic.twitter.com/AoJkl7qbM5
Darvoqe, ijtimoiy tarmoqlarda bu holatni Suares va Neymarning xatti-harakatlari bilan taqqoslashdi.