Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Ko‘prik qurilishida vafot etgan avtokranchi oilasiga zarar undirib berildi

Ko‘prik qurilishida vafot etgan avtokranchi oilasiga zarar undirib berildi

2023 yilda Toshkent viloyati, Parkent tumanida olib borilgan ko‘prik qurilishida mehnat qilgan xodim avtokranda ko‘prik balkasini ko‘tarish ishlari chog‘ida avtokran ag‘darilib ketishi natijasida tan jarohati olib, vafot etgan.

Marhumning yaqinlari, suddan oilasi boquvchisini yo‘qotganligi, moddiy yordamga muhtojligi sababli ish beruvchi tashkilotdan 800 mln so‘m miqdorida zarar pullari undirib berilishini so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent tuman sudi tomonidan chiqarilgan hukmga ko‘ra, ish beruvchidan jabrlanuvchining qonuniy vakili M.A.ga 150 mln so‘m miqdorida ma’naviy zarar puli, shuningdek, fuqarolik ishi bo‘yicha 7 mln so‘m moddiy zarar pullari undirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, marhumning turmush o‘rtog‘i M.A.ga 157 mln so‘m zarar pullari to‘liq hajmda undirib berilishi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 01:51. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!