Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ko‘p qavatli uylarga issiqlik yetkazish bo‘yicha gaz tariflari pasaytirildi

Ko‘p qavatli uylarga issiqlik yetkazish bo‘yicha gaz tariflari pasaytirildi

Raqobat qo‘mitasi tashabbusi bilan ko‘p qavatli uylarga issiqlik yetkazish bo‘yicha gaz tariflari pasaytirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 1 maydan tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor va tariflar belgilangan edi.

Shuningdek, 2024 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlangan. Unga asosan, maishiy iste’molchini gaz bilan ta’minlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munisipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblar kommunal-maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflar va shartlar asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Mazkur talab asosida aholi ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi yetkazib berishda qozonxonalarda me’yordan ortiq tabiiy gaz iste’mol qilingan. Natijada to‘lovlar va hisob-kitoblar 4 barobargacha qimmat tariflarda hisoblanib kelingan.

Buning oqibatida aholi lokal qozonxonalar orqali issiqlik energiyasidan foydalanishda qimmat narxlarda to‘lash lozim bo‘lgan.

Shu sababli Raqobat qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda takliflar ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi.

Ushbu takliflarni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 111-bandiga tegishli o‘zgartirish kiritildi.

Natijada maishiy iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munisipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblar maishiy iste’molchilar uchun bazaviy me’yor bo‘yicha belgilangan tarif asosida (ya’ni amalda 650 so‘m) amalga oshirilishi qayd etildi.

Endilikda, aholi ehtiyojlari uchun yuqoridagi sub’ektlardagi lokal qozonxonalar orqali issiqlik energiyasi yetkazib berish xizmatlari tariflari mutanosib ravishda kamayishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:30 03.12.2024. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!