Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi

A A A
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-993-son, 07.11.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati belgilandi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Kiritildi: 15:48 08.11.2024. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!