Uch yil oldin shunga o‘xshash loyiha imi-jimida bekor qilib yuborilgan edi. Bu safar kuniga 10 ming qadam yurish bo‘yicha “yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlar” davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma olishi, barcha voyaga yetgan a’zolari bunday natijaga erishgan oilalardan 14 tasi har yili lotereya orqali elektromobil yutib olishi mumkin.
O‘zbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi elektron platforma 2025 yil 1 iyungacha ishga tushirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda piyoda yurganlarni mukofotlash tizimi 2021 yil mart oyida ham yo‘lga qo‘yilgandi. O‘shanda 1hls.uz platformasi ishga tushirilib, shu orqali kuniga 10 ming qadamdan ortiq yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan to‘lash boshlangan edi. Lekin ko‘p o‘tmay, 2022 yil yanvarida bu jarayon to‘xtatib qo‘yilgandi.
2022 yil may oyiga kelib, jamoatchilik piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilganidan xabar topgandi.
O‘shanda piyoda yuruvchilarga platformada hisoblangan pul mukofotlarining bir qismi oxir-oqibat to‘lanmay qolgan.