Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Kungaboqar yog‘i xavfi saratonni keltirib chiqarishi mumkin?! 

A A A
Kungaboqar yog‘i xavfi saratonni keltirib chiqarishi mumkin?! 

Rafinadlangan kungaboqar yog‘i sog‘lik uchun xavfli bo‘lishi, saratonni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda xirurg-onkolog Ivan Karasev «Instagram»da ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulot rafinadlash jarayonida kimyoviy moddalar, masalan, benzin va geksan bilan ishlov beriladi. Yog‘ni ulardan to‘liq tozalashning iloji bo‘lmagani bois taomga tushadi. Shuningdek, qovurish vaqtida yog‘ tarkibi butunlay o‘zgarib ketadi, kanserogen moddalar hosil bo‘ladi. Ovqat pishirish jarayonida ular oziq-ovqat mahsulotlariga so‘riladi. Shu bois ular deyarli har kuni odam organizmiga tushadi.

Rafinadlangan kungaboqar yog‘i tarkibida juda ko‘p miqdorda transyog‘lar mavjud. Ular tanada to‘planib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Shifokorning aytishicha, oilasi allaqachon bunday yog‘dan bosh tortib, o‘rniga zaytun yog‘idan foydalanishadi. Zaytun yog‘i tarkibida antioksidantlar ko‘p bo‘lib, kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida saraton hujayralari hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Kiritildi: 19:00 26.06.2020. O'qildi: 5927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!