"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 35-40° gacha isiydi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarimda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32° bo‘ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida SEL KELISHI XAVFI BOR.