Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor

Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor

Prezident Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga kutilmagan tashrifni amalga oshirgan va mahalladagi ahvol yuzasidan mutasaddilarni keskin tanqid qilgan edi.

Tashrifdan so‘ng viloyat hokimi ushbu mahalla aholisi bilan uchrashib, «Bunyodkor» mahallasiga ko‘chib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

«Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga «viloyat hokimining uyi» deb yozib qo‘yiladi», degan edi Shavkatjon Abdurazzaqov aholi bilan uchrashuvda.

«Xalq so‘zi» nashriga «viloyat hokimining uyi» suratlari taqdim etildi.

Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor

Foto: «Xalq so‘zi»

Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, barcha qulayliklarga ega konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘ralgan, darvoza qilinib uy hovlisiga fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham qurilmoqda.

Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor

Foto: «Xalq so‘zi

Kiritildi: 15:50 26.02.2021. O'qildi: 4845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!