Svetlana, [15.09.20 23:11]
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Erim bilan ajrashdim va unga bo‘lgan munosabatim yomon tomonga o‘zgardi.
— Nega unda nikoh uzugini haliyam taqib yuribsan?
— Uzukka bo‘lgan munosabatim hech qaysi tarafga o‘zgargani yo‘q.
* * *
Qariya og‘ilxonaga kirsa, ho‘tigi yig‘lab o‘tiribdi. Undan so‘radi:
— Ho‘tikvoy, nega yig‘layapsan?
— Anavi sigir meni «eshshak» deb haqorat qildi.
* * *
Muallima:
— Shu oddiy narsaniyam bilmaysanmi? E, agar o‘g‘lim bo‘lganingda, o‘zimni tomdan tashlab o‘lardim.
O‘quvchi:
— Ustoz, unda meni asrab ola qoling!
* * *
Ikki qariya suhbatidan.
— Eshmatvoy, bolalikda qizlarning orqasidan quvlaganlarimiz esingdami?
— Ha, quvlaganlarimiz esimda, lekin nega quvlaganimizni haliyam eslay olmayman.
* * *
150 kilolik baliq daryo tubiga tushgach, sherigiga dedi:
— O‘lay agar, hozirgina bizga to‘r tashlagan odamning og‘irligi yuz kilodan kam emasdi!