Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish uchun to‘lov undirilmaydi

A A A
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish uchun to‘lov undirilmaydi

“Notariat tizimini nizolarni oldini oluvchi institut sifatida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinib, ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi joriy etilgan edi.

Huquqiy axborot kanaliga yozilishicha, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish shartlari belgilandi.

Unga ko‘ra, ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko‘chmas mulk (uy-joy, kvartira va hok.) ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay davlat soliq organida hisobga qo‘yishi shart.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijara beruvchi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Bunda ijara beruvchi tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilib, unga ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hamda ijaraga beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi biriktiriladi.

Shuningdek, hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining xohishiga ko‘ra ko‘chmas mulk joylashgan joydagi soliq inspeksiyasiga kelgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Ushbu tartib 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:41 13.10.2018. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!