Ertaga 7 ballik to‘q qizil darajadagi magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin.
Qo‘zg‘alishlar chorshanba kuni ham davom etishi kutilmoqda.
Odatda bunday faollik paytida aloqa, navigasiya va elektr tizimlarida qisqa muddatli o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Bunday bo‘ronlar inson organizmiga ta’sir qilishi mumkin. Ayrimlarda bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, asabiylik yoki xolsizlik kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
Bu davrda ko‘proq suv iste’mol qilish, ortiqcha stressdan saqlanish va to‘liq dam olishni tavsiya etiladi.