Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Kubada yarim yilda to‘rtinchi marta to‘liq blekaut yuz berdi — Associated Press

Kubada yarim yilda to‘rtinchi marta to‘liq blekaut yuz berdi — Associated Press



Kubada yana butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi butunlay o‘chib qoldi. Bu joriy hafta ichida kuzatilgan ikkinchi, so‘nggi olti oydagi to‘rtinchi yirik blekaut bo‘ldi, deya xabar bermoqda agentlik.

Ma’lum qilinishicha, elektr energiyasi tizimidagi uzilish Santa-Klara va Sankti-Spiritus provinsiyalarini bog‘lovchi elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik ortidan yuzaga kelgan.

Kuba hukumati elektr tarmog‘ining izdan chiqishiga eskirgan infratuzilma va yonilg‘i tanqisligi sabab bo‘layotganini bildirgan. Mamlakatdagi ayrim elektr stansiyalari 30 yildan ortiq vaqtda qurilgan bo‘lib, ular uzoq yillardan buyon yetarli darajada ta’mirlanmagan.

Bosh vazir Manuel Marreroning aytishicha, mamlakat ketma-ket yuz bergan elektr uzilishlari, elektr stansiyalari uchun yonilg‘i yetishmasligi hamda bir nechta energoblokning ishdan chiqishi tufayli og‘ir haftani boshdan kechirmoqda.

Shu bilan birga, Kuba hukumati AQShning energetika sohasiga qo‘ygan cheklovlari ham vaziyatni yanada murakkablashtirayotganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 19:15 11.07.2026. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!