Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Kuba hududiy suvlariga kirgan Amerika kemasi AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli emas

Kuba hududiy suvlariga kirgan Amerika kemasi AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli emas

Bu haqda The New York Times nashri amerikalik amaldorga tayanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu fuqarolik kemasi bo‘lgan va Kubaga qarindoshlarini olib chiqish maqsadida yo‘l olgan.

Florida shtati bosh prokurori Jeyms Utmayer voqea yuzasidan tergov boshlashni buyurganini ma’lum qildi.

"Kuba hukumatiga ishonib bo‘lmaydi va biz bu kommunistlarni javobgarlikka tortish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", — dedi u.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Kuba yaqinidagi kater bilan bog‘liq hodisaga Donald Tramp ma’muriyati aloqador emasligini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 13:18. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!