Bu jarayon Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Baydenning Kubani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarishga rozi bo‘lganidan so‘ng boshlandi. Kuba rasmiylari ozod qilinishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxati haqida ma’lumot bermagan.
Ozod qilinganlarning ko‘pchiligi 2021 yil iyulida mamlakatda elektr energiyasining davomiy o‘chishi, oziq-ovqat tanqisligi va narxlar oshishi sababli o‘tkazilgan ommaviy hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgani uchun hibsga olinganlardir. 54 yoshli Xose Daniyel Ferrer Kuba tomonidan ozod qilingan siyosiy mahbuslar orasida eng taniqlisi hisoblanadi.