Polshalik rejissyor, prodyuser va ssenarist Kshishtof Zanussi XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. U avvalgi XIV festivalda bo‘lgani kabi bu yil ham "Markaziy Osiyo filmlar" xalqaro tanlovi hakamlar hay’ati azosi sifatida qatnashadi.
Shuningdek, Zanussi talabalar va yosh ijodkor uchun mahorat darsi o‘tkazadi. Rejissyor bilan ochiq ijodiy uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Kshishtof Zanussi Venesiya kinofestivalining bosh sovrini bo‘lgan «Oltin sher» mukofotini qo‘lga kiritgan.