Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kriptovalyuta sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro pullariga uxladi

Kriptovalyuta sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro pullariga uxladi

Surxondaryo viloyatida yashovchi 18 yoshli B.D. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 1.257.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi J.A. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi J.A., jabrlanuvchi B.D. bilan telegram orqali tanishib, unga kriptovalyuta (Notcoin) sotishini aytib uni aldab, oldindan 1.257.000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!

Kiritildi: 14:40 22.06.2024. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!