Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kriptovalyuta sohasi yetakchilari Trampni bitkoinlarning federal zaxirasini yaratishga chaqirmoqda

A A A
Kriptovalyuta sohasi yetakchilari Trampni bitkoinlarning federal zaxirasini yaratishga chaqirmoqda

Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

AQShning saylangan prezidenti bu g‘oyani omma oldida qo‘llab-quvvatladi.

Ba’zi kriptovalyuta tarafdorlari hatto bitkoindan AQSh davlat qarzini to‘lash uchun foydalanishga umid qilishadi. Ularning fikriga ko‘ra, milliardlab dollarlik tokenlarni sotib olish va "narxi keskin ko‘tariladi" degan umidda ularni o‘nlab yillar davomida ushlab turish kerak.

Iqtisodchilar va fiskal ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday harakat sezilarli xavflarni o‘z ichiga oladi. Chunki bitkoin narxi hozirda eng yuqori qiymatga yetgan, lekin uning narxi keskin o‘zgarishi va tushishi mumkin.

Strategik zaxira esa, birinchi navbatda, hozirda bitkoinga ega bo‘lganlarga foyda keltiradi. Agar Trampning xatti-harakatlari narxlarning ko‘tarilishiga olib kelsa va ular o‘z bitkoinlarini sotishga qaror qilsalar, katta daromad olishlari mumkin.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!