Cobiq va amaldagi rus amaldorlarining nashrga ma’lum qilishicha,, eng ko‘p muhokama qilinayotgan ssenariylardan biri uchrashuv sanasini Pasxa bayramiga to‘g‘ri kelishidir. 2025 yilda pravoslav va g‘arb cherkovlari Pasxani 20 aprelda nishonlaydi.
Manbalarning aytishicha, Moskva uchrashuvni imkon qadar kechroq o‘tkazishni afzal ko‘radi, chunki bu vaqt davomida Vashington tomonidan urushni to‘xtatish evaziga ko‘proq imtiyozlar olish mumkin. Chunki "hozir vaqt Kreml tomonida".
Shu bilan birga, Rossiya hukumati uchrashuv o‘tkazishni judayam cho‘zib yuborishni ham istamaydi, chunki Vashingtonning bu masalaga qiziqishi so‘nib qolishidan xavotirda. Ayni paytda, Yevropa va AQSh ichida ham Moskva bilan yaqin hamkorlikka qarshi kayfiyat tobora kuchayib bormoqda. Agar uchrashuvni uzoq muddatga kechiktirishsa, G‘arbdagi siyosiy vaziyat o‘zgarib, muzokara o‘tkazish imkoniyati yanada qiyinlashishi mumkin. Shu bois, Kreml uchrashuvni hech bo‘lmaganda "iyundan kechiktirmaslik" kerak, deb hisoblamoqda.