"Eron bilan aloqalar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega va bu aloqalar tobora rivojlanmoqda. Bu yil davlatlarimiz orasida tovar ayirboshlash hajmining ortishi kuzatildi. To‘g‘ri, bu o‘tgan yilgi pasayish o‘rnini qoplamadi, ammo o‘sish darajasi yaxshi", — dedi Vladimir Putin.
Shuningdek, u oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida Eron rahbari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.