Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

A A A
Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudining 12.02.2025 yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB foydasiga qarzdor “Grand golden tex” MCHJdan 335 mln. so‘m qarzdorlik undirilishi belgilangan.

Shuningdek, undiruv garovdagi “Hyundai Sonata” rusumli avtotransport vositasiga qaratilishi ko‘zda tutilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida garovdagi “Hyundai Sonata” avtomashinasi xatlab qo‘yildi.

Avtomashina 331 mln. 250 ming so‘mga baholangan bo‘lib, hozirda “e-auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarildi.

Kiritildi: 14:50 14.08.2025. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!