Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Kredit olishda yetti o‘lchab, bir kesmoq kerak...

Kredit olishda yetti o‘lchab, bir kesmoq kerak...

Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining 23.05.2022 yildagi qarzdor “Ayzberg Fergana” MCHJ dan undiruvchi TIF Milliy bank AJ foydasiga jami 807.442,3 AQSh dollari undirish va undiruvni “Kras kabel Oltiariq” MCHJ ga tegishli garov mukliga qaratish va shu sudning 30.05.2022 yildagi qarzdor korxona dan undiruvchi “Qishloqqurilishbank” ATB foydasiga jami 391.661.000 so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Oltiariq tuman bo‘lim tomonidan ish yurutuvga olinib, qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qarzdorlarga qonunda belgilangan ixtiyoriy muddatlar berilgan.
Qarzdorlar ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni to‘lamaganliklari sababli, majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib garov predmeti bo‘lgan korxonaga tegishli umumiy ovqatlanish kafesi, xo‘jalik maxsulotlarini sotish do‘koni, omborxona va o‘yin klubi hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash bino inshootlari va plastmassa yashiklar ishlab chiqarish uskunalari kelgusida onlayn auksionda sotish maqsadida xatlovga olindi.

Kiritildi: 22:57 24.06.2022. O'qildi: 5405 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!