Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

A A A
Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.B.” va “M.M.” MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan “T.V.” MCHJga dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uskunalarni sotib olish maqsadida ajratilgan 2,3 mlrd so‘m kreditni “M.M.” MCHJga o‘tkazish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” xususiy firmasi rahbari A.A., yakka tartibdagi tadbirkorlar “T.T.” va “T.P.” bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan xususiy firmaga mebel ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish maqsadida uskuna hamda hom-ashyo mahsulotlarini sotib olish uchun ajratilgan 610 mln so‘m kreditni YATT “T.T.” va “T.P.” hisob raqamlariga o‘tkazib, mebel ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ymasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari.

Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.V.” MCHJ rahbari M.M. va boshqalar tijorat banki filialidan 4 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida jami 125,6 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, amalda ularga tikuv dastgohlari yetkazib bermasdan, ushbu mablag‘larni naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:55 09.08.2023. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!