Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kot-d`Ivuarda kuchli yomg‘ir 11 kishini hayotdan olib ketdi

Kot-d`Ivuarda kuchli yomg‘ir 11 kishini hayotdan olib ketdi

Kot-d`Ivuarning Abijan shahrida hafta oxirida kuchli yomg‘ir kuzatildi. Natijada kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning milliy birlik, birdamlik va qashshoqlikka qarshi kurash vaziri Logbo Miss Belmond Dogo taqdim etgan ma’lumotga tayanib, “Sinxua” xabar qildi.

– Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 11 nafar marhum aniqlangan, yana bir necha kishining shaxsi noma’lum, yetti odam jarohatlangan, – dedi mulozim. –

Yo‘qotish jiddiy, hukumat kelgusi hafta jabrlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘ra boshlaydi.

Payshanbadan shanbagacha kuchli yomg‘ir Fil suyagi qirg‘og‘idagi ba’zi hududlar, jumladan Abijanni suv ostida qoldirdi. 300 dan ko‘proq inson xavfsiz joyga ko‘chirildi, 18 kishi tibbiy markazga yetkazildi.

Kot-d`Ivuarda bu yil yomg‘ir mavsumi cho‘zilib, iyun oyida eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi, deb yozgan mahalliy OAV.

Kiritildi: 11:44 20.06.2024. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!