Kostenko konidagi portlash to‘lqini 2 kilometrga yetdi. Bu haqda mintaqaviy brifingda harbiylashtirilgan favqulodda qutqaruv professional xizmatlari Respublika markaziy shtabining Qarag‘andi bo‘limi direktori o‘rinbosari Gennadiy Silinskiy ma’lum qildi.
“Portlash to‘lqini 2 kilometrni tashkil etdi. Kon 9 oktyabrdan 30 oktyabrgacha tekshirilishi kerak edi. Avvalgi tekshirishlar natijasida 200 dan ortiq qonunbuzarliklar aniqlangan. Asosiy qoidabuzarlik gaz miqdorini nazorat qilishning sifatsizligidir. Bunday sharoitda tegishli nazorat yo‘q”, – dedi Gennadiy Silinskiy.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qarag‘andi viloyatidagi Kostenko nomidagi shaxtada yong‘in sodir bo‘lib, 33 nafar konchi halok bo‘lgan.
Davlat rahbari konchilarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, 29 oktyabr Umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi.