Rossiyaning “Roskosmos” kosmonavtlar korpusidagi yagona ayol kosmonavt Anna Kikina yangi Barbi qo‘g‘irchog‘ining prototipiga aylandi. Bu haqda TASS agentligiga Rossiyaning Mattel kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi qo‘g‘irchoq ikki xil – skafandr va parvoz kostyumida taqdim yetiladi. Qo‘g‘irchoq sotuvga chiqarilmaydi, chunki u kosmosga birinchi odam parvozining 60 yilligiga bag‘ishlangan musobaqaga sovrin sifatida qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ayolning fikricha, kosmonavt-qo‘g‘irchoq har kim kosmosni zabt yetishi mumkinligini anglatadi. “Qo‘g‘irchoqni o‘ynagan har bir qizaloq kosmonavt bo‘lishni orzu qilishi shart emas. Asosiysi, har bir bolada o‘zi istagan kasbni tanlash imkoni mavjudligini bilishsa bas”, deydi Anna.