Toshkent davlat yuridik universititeti huzuridagi M. Vosiqova nomidagi akademik liseyda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda akademik lisey pedogog xodimlari va o‘quvchilari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyalari I.Qurbonov, M.Mamatov hamda Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra professori S.Niyozova ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurash Yangi O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, bu illatga qarshi barcha birgalikda kurashsagina samara berishi ta’kidlandi.
Tadbirda TDYUU professori S.Niyozova “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi. Sudyalar I.Qurbonov va M.Mamatovlar ham so‘z olib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berishdi.
Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir akademik lisey pedogog xodimlari va o‘quvchilarining huquqiy ong va huquqiy bilimlarini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.