Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Murod Mo‘minov profili ostida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida barchaga o‘zini tanishtirib, aldov yo‘li bilan noqonuniy daromad qilayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Dastlab bunday firibgarlikdan jabrlangan fuqaro “N.S” tomonidan Agentlik direktori nomiga ariza bilan murojaat qilinib, unga nisbatan qonuniy jazo ko‘rilishi so‘ralgan.
Holat o‘rganilganda, fuqaro M.Mo‘minov o‘zini Agentlik xodimi sifatida tanishtirib, ariza muallifiga avtomashina va uy olib berishni va’da qilib, undan 11.000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olganligi aniqlandi.
Keltirib o‘tilgan holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan M.Mo‘minovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.