Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Korrupsiya, firibgarlik va pul yuvish: Fransiya termasi xodimiga og‘ir ayblovlar qo‘yildi

Korrupsiya, firibgarlik va pul yuvish: Fransiya termasi xodimiga og‘ir ayblovlar qo‘yildi

Fransiya terma jamoasida logistika va xavfsizlik masalalariga mas’ul Muhammad Sanxadji jinoiy ish figurantiga aylandi.

Parij prokuraturasi ma’lum qilishicha, Sanxadjiga bir qator epizodlar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Ular orasida davlat mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq ekani oldindan ma’lum bo‘lgan mol-mulkni qabul qilish, davlat vakolatiga ega shaxslarga nisbatan korrupsiya, bunday shaxsga qonunga xilof ta’sir o‘tkazishda faol va passiv ishtirok, firibgarlik hamda soliq firibgarligi orqali olingan mablag‘larni legallashtirish holatlari bor.

Bir nechta manba ma’lumotiga ko‘ra, Sanxadji dushanba kuni boshlanadigan Fransiya terma jamoasi yig‘inida ishtirok etmaydi. Sud nazorati shartlariga muvofiq, unga terma jamoa qarorgohi va «Stad de Frans» stadioniga borish taqiqlangan.

Logistika va xavfsizlik bo‘yicha rahbar vazifasini vaqtincha bosh direktor o‘rinbosari Ervan Le Prevo bajaradi.

Sanxadji 2023 yilda Fransiya terma jamoasi hujumchisi, hozir «Real» safida to‘p tepayotgan Kilian Mbappedan 60 ming yevrodan ortiq mablag‘ olgani bilan bog‘liq ishda ham figurant bo‘lgan edi.

Ma’lum qilinishicha, bu to‘lov futbolchining Kamerunga safari chog‘ida uning xavfsizligini ta’minlagani uchun minnatdorlik sifatida berilgan.

2024 yilda Fransiya Iqtisodiyot va moliya vazirligining moliyaviy razvedka bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi ushbu holatni tekshirgan. Keyinchalik bu Sanxadjining muddatidan oldin pensiyaga chiqishiga olib kelgan.

Shundan so‘ng Fransiya futbol federasiyasi Sanxadjini 2026 yilgi Jahon chempionatida milliy terma jamoaga hamrohlik qilish uchun bevosita ishga olgan.

Kiritildi: Bugun 10:02. O'qildi: 150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!