Rossiyada, Udmurtning Sarapul shahrida soxta spirtdan zaharlanib olti kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Tergov qo‘mitasi saytida xabar berildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun oldin, 10 aprel kuni, xonadonlardan birida 39 dan 49 yoshgacha bo‘lgan ikkita erkak va ikkita ayolning jasadlari topilgan. 39 va 44 yoshli yana ikkita erkak kasalxonaga yotqizilgan, ammo ular ham vafot etgan.
"O‘limning dastlabki sababi - ular bir kun oldin alkogol sifatida ishlatgan noma’lum kimyoviy modda bilan zaharlangan", deyiladi xabarda.
Shunga o‘xshash alomatlari bo‘lgan yana bir kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, u tirik qolgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib, voqea qurbonlariga alkogol ichimligi niqobi ostida modda yetkazib bergan 52 yoshli mahalliy fuqaro qo‘lga olindi.