Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

A A A
Koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalar. Kasallanganlar yoshi kesimida: 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20—40 yoshgacha – 27 nafar, 40—50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50—59 yoshgacha – 4 nafar, 60—70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.

Kiritildi: 14:33 24.03.2020. O'qildi: 3214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!