Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusga chalingan andijonlik va toshkentlik bemorlar vafot etdi

Koronavirusga chalingan andijonlik va toshkentlik bemorlar vafot etdi

Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, 2016 yilda bo‘lgan infarktdan so‘ngi kardioskleroz, gipertoniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, diabetik angiopatiya va nefropatiya kabi hamroh xastaliklari bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.SH. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangan va tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan. Ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir  yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 

Kiritildi: 16:32 02.08.2020. O'qildi: 3344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!