Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirusdan himoya moslamalari yetishmasligi tufayli 6 nafar shifokor vafot etdi

Koronavirusdan himoya moslamalari yetishmasligi tufayli 6 nafar shifokor vafot etdi

Xitoy rasmiylari koronavirusdan himoya moslamalari yetishmayotganidan xavotirda. Hukumat tomonidan shu vaqtga qadar virus bilan kasallangan va vafot etgan tibbiyot xodimlarining raqamlari keltirildi.

Kasallik avj olganidan beri olti nafar shifokor vafot etgan va yana 1716 nafari koronavirus yuqtirgan. Xususan, hukumatni virus haqida erta ogohlantirishga uringan Doktor Li Venliang ham bir hafta oldin hayotdan ko‘p yumgan edi. Uning vafoti jamoatchilik g‘azabi va qayg‘usini keltirib chiqardi.

Bugunga qadar 1300 dan ortiq odam virusdan vafot etgani aytilayotgan edi. So‘nggi raqamlarga ko‘ra Xitoyda 122 ta yangi o‘lim qayd etilgan, bu esa umumiy hisobni 1 426 kishiga qadar yetkazadi.

Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiya yuqtirganlarning umumiy soni 63 922 nafarga yetdi.

Kiritildi: 19:03 14.02.2020. O'qildi: 3208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!