Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus: Rossiya vaksinasining bitta dozasining narxi qancha?

Koronavirus: Rossiya vaksinasining bitta dozasining narxi qancha?

Rossiyada yaratilgan koronavirus vaksinasining bitta dozasining narxi 1 ming rubldan oshmaydi. Kelajakda u yanada arzonlashadi. Bu haqda Federal monopoliyaga qarshi xizmat rahbari Igor Artemyev jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS. 

«Biz tushunamizki, tarif juda yuqori bo‘lishi mumkin, masalan, bir doza narxi ming rublgacha bo‘lishi mumkin. Chunki vaksinalar avvaliga kam miqdorda ishlab chiqariladi va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kapital talab etiladi. Shuning uchun biz narxni aniqlash uchun ushbu tarifni, narxni belgilashning ma’lum bir formulasi bo‘lishiga rozi bo‘ldik, chunki endi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslash imkonini beradigan baza yo‘q», - dedi Artemyev.

Federal Migrasiya xizmati rahbari tarif hali o‘rnatilmaganligini, ammo uning narxi ming rubldan kam bo‘lishini ta’kidladi.

«Kelajakda vaksina narxi faqat pasayadi», - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni «Vektor» markazi Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan ko‘ngillilarda vaksinani klinik sinovdan o‘tkazish uchun ruxsat oldi. Birinchi ko‘ngilli 27 iyulda emlandi. Klinik sinovlarda ishtirok etgan 20 nafar ko‘ngilli 8 sentyabr kuni kasalxonadan chiqarildi.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning aytishicha, vaksinaning klinik sinovi 30 sentyabrda yakunlangan. Vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish 15 oktyabrgacha yakunlanishi kerak.

Kiritildi: 17:20 07.10.2020. O'qildi: 6231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!