So‘nggi bir kun ichida Qozog‘istonda 476 kishi koronavirus yuqtirganligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi coronavirus2020.kz.
O‘sish 4,6 foizni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha:
Nur-Sulton shahri - 149 (7,6%)
Olmaota shahri - 117 (4.7%)
Qarag‘andi viloyati - 44 (5.3%)
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati - 41 (7.1%)
Mang‘istau viloyati - 31 (13,8%)
Qizilo‘rda viloyati - 25 (7,2%)
Chimkent shahri - 22 (2,7%)
Qostanay viloyati - 12 (7,3%)
Atirau viloyati - 12 (1,2%)
Jambil viloyati - 7 (1.9%)
Turkiston viloyati - 6 (1.7%)
Sharqiy Qozog‘iston viloyati - 5 (4.4%)
OLmaota viloyati - 4 (1,1%)
Aqmola viloyati - 1 (0.7%)
Ayni damda mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 10 858 kishini tashkil qiladi. 5220 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, ayni paytda vafot etganlar soni 38 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha Chimkentda 1 nafar bemor vafot etgan.