Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Koronavirus: Lolalar mamlakatida 400 mln tup gul yo‘q qilindi

A A A
Koronavirus: Lolalar mamlakatida 400 mln tup gul yo‘q qilindi

Niderlandiyadagi gulchilik kompaniyalari koronavirus pandemiyasi sharoitida gulga bo‘lgan talab pasayganligi sababli 400 million tup gulni yo‘q qilishga majbur bo‘ldi. 

Yo‘q qilingan gullar orasida 140 millionlik golland lolalari ham bor.

Katta zarar ko‘rayotganlar faqat gul yetishtiruvchilar va gul do‘konlari egalarigina emas. Mamlakat shuningdek, yilning bu davrida Gollandiyaning eng ommabop diqqatga sazovor maskani – Lissedagi lolazorlarni ko‘rish uchun keladigan turistlardan mahrum bo‘ldi. 

Niderlandiyadagi "Kyokenxof" qirollik gullar bog‘i bu yil eshiklarini ochmadi, bu 25 million dollar zarar degani.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 25,5 mingdan oshgan, 2737 kishi vafot etgan.

Kiritildi: 20:45 13.04.2020. O'qildi: 5359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!