"Xitoyda o‘lim soni oshgani oqibatida dafn marosimi sanoati falaj bo‘lib qolgan, ammo eng yomoni hali oldinda", deya qayd etmoqda Bloomberg.
Ma’lumot berilishicha, Pekin va Shanxayda kremasiya uchun bo‘sh o‘rin yanvar oyining o‘rtalarida mavjud bo‘ladi. Bu esa qora biznesining gullab-yashnashiga olib keldi: O‘lim kuni kremasiya uchun 12 000 dollar so‘ralmoqda.
Airfinity prognozlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan o‘lim holati qayd etilishining eng yuqori cho‘qqisi 23 yanvarga to‘g‘ri keladi va sutkasiga taxminan 25 ming kishini tashkil qiladi.