Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Koronavirus! Cheklovlar sabab butun dunyo miqyosida atmosferaga zaharli gazlar chiqishi kamaydi

Koronavirus! Cheklovlar sabab butun dunyo miqyosida atmosferaga zaharli gazlar chiqishi kamaydi

NASA o‘tgan haftada bergan ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri kosmik va yerdagi kuzatuvlar Yer atmosferasida ba’zi havoni ifloslantiruvchi moddalarning miqdori sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatmoqda.

NASA tadqiqotchilari fevral oyidan beri joriy qilinib kelinayotgan pandemiya cheklovlari global azot dioksid konsentrasiyasini deyarli 20 foizga kamaytirganligini aniqlashdi.

Azot dioksidi havoni ifloslantiruvchi modda bo‘lib, u asosan sanoat va transportda ishlatiladigan qazilma yoqilg‘ilarning yonishi natijasida hosil bo‘ladi. Pandemiya davrida esa sanoat va transport faoliyati sezilarli darajada kamaygan, deya qo‘shimcha qildi NASA.

Koronavirus ilk bor qayd etilgan Xitoyning Uxan shahrida bu yil azot dioksidining tarqalishi kutilganidan 60 foiz kam bo‘lgani xabar qilindi. Shundan hech qancha vaqt o‘tmasdan atmosferani ifloslantiruvchi moddalar Milanda 60 foizga, Nyu-Yorkda 45 foizga pasaygani kuzatildi. Bunga koronavirus sabab joriy qilingan mahalliy cheklovlar sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, karantin cheklovlari yumshatila boshlangach havoga zaharli moddalarning chiqishi yana ko‘paya boshlagan. Ammo, ushbu moddalar tarqalishi pandemiyadan oldingi kutilgan miqdordan kam bo‘lmoqda.

Kiritildi: 04:30 01.12.2020. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!