Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovga ko‘ra, shu yil mart oyida koronavirusning Xitoyda aniqlangan NB.1.81 shtammi ba’zi mamlakatlar bo‘ylab tarqalayotgani haqida ma’lumotlar bor. Lekin, SOVID-19 ning yangi to‘lqini dunyoni qamrab olmoqda, degan xabarlar asossiz.
O‘zbekiston misolida aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror. Aholida koronavirus shtammiga nisbatan oddiy respirator kasalliklarga bo‘lgani singari munosabat allaqachon shakllangan. Odamlarda bu xastalikka nisbatan jamoaviy immunitet vujudga kelgan.
Shu ma’noda, dunyoda qayd etilayotgan yangi shtammlar haqida darhol shov-shuvli xabarlar tarqatishga zinhor urinmaslik kerak. Xavotirga hech qanday asos yo‘q.