Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koreyaga kirish uchun karantin choralari yana kuchaytirildi

Koreyaga kirish uchun karantin choralari yana kuchaytirildi

Joriy yilning 26 iyulidan boshlab Koreya Respublikasiga borayotgan yo‘lovchilar majburiy ravishda ushbu mamlakatga kirishlari bilan bir kun ichida PZR-test topshirishlari lozim, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airways".

Qayd etilishicha, oldin test topshirish muddati 3 kun etib belgilangan edi.

Koreya Respublikasi fuqarolari, shuningdek, mamlakat hududida uzoq muddat asosida istiqomat qiluvchi xorijiy shaxslar mahalliy ma’muriyatlar huzuridagi tibbiyot muassasalarida bepul test topshirishlari mumkin.

Mamlakatga qisqa muddatga tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar aeroportning maxsus markazlarida to‘lov asosida PZR-testini topshirishlari mumkin.

Kiritildi: 19:26 01.08.2022. O'qildi: 2403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!