Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Koreyaga ishga jo‘nataman": quvalik firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi

"Koreyaga ishga jo‘nataman": quvalik firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi

1968 yilda Quva tumanida tug‘ilgan Baxtiyor Botirov muqaddam firibgarlik jinoyatlarini sodir etgani uchun sudlanib, xavfli residivist maqomini olganlardan biridir. U qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmay, yana o‘zganing mulkini firibgarlik, ya’ni aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish jinoyatlarini qasddan sodir eta boshladi.

Jumladan, B.Botirov 2014 yil iyul oyining o‘rtalarida SH.O‘ktamovni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migrasiyasi vazirligi tomonidan Janubiy Koreya Respublikasiga shartnoma asosida ishga yuborish uchun tashkil qilingan imtihon sinovlaridan o‘tkazib, uni ishga yuborishni va’da qilib, undan 2 ming 800 AQSh dollari miqdoridagi (6 million 507 ming 200 so‘m) pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yubordi.

Tekin pul teshib chiqmaydi, deb o‘ylagan B.Botirov takroran jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2014 yil 26 oktyabr kuni aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida (marhum) jabrlanuvchi A.Abdullayevning o‘g‘li T.Azamjonovni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migrasiyasi vazirligi tomonidan Janubiy Koreya Respublikasiga shartnoma asosida ishga yuborishini aytib, A.Abdullayevdan 4 ming AQSh dollari miqdoridagi (9 million 495 ming so‘m) pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bu pullarni ham o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yubordi.

Shundan so‘ng tekin pulga bo‘lgan ishtahasi yanada ochilgan B.Botirov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2015 yil sentyabr oyida jabrlanuvchi V.Ismoilovni ham O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migrasiyasi vazirligi tomonidan Janubiy Koreya Respublikasiga shartnoma asosida ishga yuborish uchun tashkil qilingan imtihon sinovlaridan o‘tkazib, ishga yuborishni va’da qilib, undan 1 ming 500 AQSh dollari (3 million 915 ming so‘m), 2015 yil noyabr oyining o‘rtalarida 500 AQSh dollari (1 million 353 ming 500 so‘m) pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga sarfladi.

Shu tariqa u E.Mallabayedan 1 ming 500 AQSh dollari (4 million 103 ming 610 so‘m), 500 AQSh dollari (1 million 367 ming 870 so‘m) va 1 ming 500 AQSh dollari (4 million 653 ming 270 so‘m), jabrlanuvchi O.Satvaldiyevani o‘g‘li Z.Sotvoldiyevni ham Koreyaga ishga jo‘natmoqchi bo‘lib, 1000 AQSh dollari (3 million 46 mingso‘m), 2 ming 500 AQSh dollari (8 million 107 ming 500 so‘m), jabrlanuvchi A.Redjabovdan 1 ming 500 AQSh dollari (3 million 915 ming so‘m), 1000 AQSh dollari (1 million 353 ming 500 so‘m), I.Aliyevdan 3 ming AQSh dollari (24 million 480 ming so‘m), jabrlanuvchi X.Xamraqulovning o‘g‘li M.Muhamadjonovni xorijga ishga yuborishni aytib, buning uchun Toshkent shahrida joylashgan “PROFELITE IMP XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” tashkil etilganligi, agentlikda o‘zi agent sifatida ishlab kelishini aytib, uning 1000 AQSh dollari (8 million 312 ming so‘m), jabrlanuvchi F.Pozilovdan 1 ming 550 AQSh dollari (13 million 12 ming 250 so‘m), jabrlanuvchi U.Sobirovning o‘g‘li F.Sobirovni xorijga ishga yuborishni aytib, undan 1000 AQSh dollari (8 million 312 ming so‘m), I.Turg‘unovdan 1 ming 350 AQSh dollari (11 million 344 ming 50 so‘m), D.Muxtorovdan 1 ming 350 AQSh dollari (11 million 344 ming 50 so‘m), M.Raximovdan 1 ming 350 AQSh dollari (11 million 344 ming 50 so‘m) miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuraverdi. Biroq, jabrlanuvchilarning birortasini ham Koreyaga ishga jo‘natmadi.

Lekin buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, firibgar B.Botirovning firibiga uchganlar nihoyat huquqni muhofaza etuvchi idoralarga ariza bilan murojaat etdilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudi sudlanuvchi B.Botirovning barcha jinoiy qilmishlarini mufassal ko‘rib chiqib, amaldagi qonunlarga binoan  5 yilga ozodlikdan mahrum qilib, jabrlanuvchilarga belgilangan tartibda pullarini qaytarishi lozimligini qayd etib, sudlanuvchi B.Botirov tomonidan “Ipoteka-Bank” ATIB Farg‘ona viloyat filialida saqlanayotgan 71 million 150 ming so‘m pullar jarblanuvchilarga proporsional tartibida taqsimlanishini ham belgiladi.

Z.OMONOV, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati, Quva tuman sudining raisi.

Kiritildi: 16:23 13.11.2020. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!