Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Konor bo‘lmaganida Xabib dunyo yulduziga aylanmagan bo‘lardi"

"Konor bo‘lmaganida Xabib dunyo yulduziga aylanmagan bo‘lardi"

UFC sobiq chempioni Daniel Kormye Konor Makgregor haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Ko‘pchilik nega mening Konor bilan yaxshi munosabatda ekanimni so‘raydi. Bu qisman Xabib va Konor o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq. Men Makgregorni Xabibni "yaratgan" inson sifatida hurmat qilaman. Agar Konor bo‘lmaganida, Xabib dunyo darajasidagi yulduzga aylanmagan bo‘lardi.

Menimcha, Topuriya va Maxachev ham bir-birlari uchun shunday shaxslar bo‘la oladi. Bir-birlarini yoqtirmasalar ham, yangi bosqichga chiqish uchun bir-birlariga muhtoj. Men Makgregorni Xabibga yordam bergani uchun qadrlayman. Ular jang qilgunicha Xabib faqat MMA darajasida mashhur edi. Makgregorni yengganidan so‘ng esa u butun dunyoga tanildi", — dedi Kormye.

Kiritildi: 20:52 05.07.2025. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!