Kongo Demokratik Respublikasida isyonchilar 50 dan ortiq tinch aholini nishonga olib, ularni halok etdi.
Reuters agentligining yozishicha, hodisa mamlakatning sharqida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Birlashgan demokratik kuchlar isyonchilari tomonidan amalga oshirilgan. Bu guruh “Islomiy davlat” bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Hodisa mazkur tuzilma tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi yirik hujumlardan biri sifatida qayd etildi.