Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kongoda Ebola qurbonlari soni 2,6 mingdan oshdi

Kongoda Ebola qurbonlari soni 2,6 mingdan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishi oqibatida vafot etganlar soni 2642 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Milliy jamoat salomatligi instituti hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon Ebola virusini yuqtirish bilan bog‘liq tasdiqlangan holatlar soni 5514 taga yetgan.

«So‘nggi 24 soat ichida 55 ta yangi kasallanish holati aniqlandi, 23 kishi vafot etdi, 18 nafar bemor sog‘aydi. Shu tariqa, epidemiya boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 5514 nafarga, vafot etganlar esa 2642 nafarga yetdi», — deyiladi hisobotda.

Ebola — og‘ir kechuvchi yuqumli kasallik bo‘lib, virus odamlarga zararlangan hayvonlardan yuqishi, keyin esa insondan insonga qon va boshqa biologik suyuqliklar orqali tarqalishi mumkin.

Kiritildi: 14:01 24.08.2026. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik