Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kongoda Ebola epidemiyasi tarqalishi oqibatida 80 kishi vafot etdi

Kongoda Ebola epidemiyasi tarqalishi oqibatida 80 kishi vafot etdi

Ebola bezgagi Kongo Demokratik Respublikasining shimoli-sharqidagi Ituri provinsiyasida tarqaldi.

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, virusni yuqtirganlikda gumon qilinayotgan jami 246 ta holat qayd etilgan. Ulardan biri Bunia shahridagi Injil tibbiyot markazida sodir bo‘lgan bo‘lib, u yerda bezgak, qon ketishi, qusish va qattiq holsizlik kabi simptomlar kuzatilgan hamshira vafot etgan.

Kongo hukumati tezkor markaz ochilganini va epidemiologik nazorat kuchaytirilganini e’lon qildi. Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (Africa CDC) transchegaraviy nazoratni kuchaytirish maqsadida Kongo Demokratik Respublikasi, Uganda, Janubiy Sudan va global hamkorlar ishtirokida favqulodda yig‘ilish tashkil qilayotganini bildirdi.

Dastlabki natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, virusning ushbu shtammi avval qayd etilgan va hozirgi davolash usullari hamda vaksinalar asosan unga qarshi ishlab chiqilgan "Zair" shtammidan farq qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy epidemiya — 1976 yilda Ebola virusi aniqlanganidan beri Kongoda sodir bo‘layotgan navbatdagi 17-ofatdir. Kasallik Ituri provinsiyasidagi etnik to‘qnashuvlar va resurslar uchun kurash sababli yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyat hamda zo‘ravonliklar fonida tarqalmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!