Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) laboratoriyada tasdiqlangan Ebola isitmasi holatlari soni 2011 taga yetdi.
Bu KDR Aloqa va ommaviy axborot vositalari vazirligining kundalik byulletenida e’lon qilindi.
So‘nggi 24 soat ichida tasdiqlangan holatlar soni 20 taga oshdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ebola isitmasidan 754 kishi vafot etgan. O‘lim darajasi 23,4% ni tashkil qiladi.
Hozirda 376 bemor kasalxonalar va tibbiy izolyasiya markazlarida. Kontaktlarni kuzatish darajasi 64,4% ni tashkil qiladi.
Ebola epidemiyasi 15 may kuni KDR sharqida va Ugandada boshlangan. Kasallikning markazi Kongoning Ituri provinsiyasidir.