Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Kondisioneri ishlamagan kupe chiptalaridan pullar chegirib qolinadi

A A A
Kondisioneri ishlamagan kupe chiptalaridan pullar chegirib qolinadi

Raqobat qo‘mitasining takliflari asosida kupe tipidagi vagonlarning havo sovutish tizimi uchun to‘lov undirilmasdan chipta narxidan chegirilgan holatda qo‘llanmoqda.

✈️ Muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✈️ Hurmatli iste’molchilar, sizda ham yuqoridagi kabi temir yo‘l kassalaridan bilet sotib olingan vaqtda sovutish tizimi (kondisioner) xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan vaqtingizda sovutish tizimi (kondisioner) ishlamaganligidan norozi bo‘lsangiz, Raqobat qo‘mitasi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga (poyezdlarda harakatlangan vaqtingizda sovutish tizimi (kondisioner) ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan quyidagi raqam va elektron pochta manzillariga) murojaat qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 12:17 01.08.2024. O'qildi: 1581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!