Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Kondisionerdan muntazam foydalanish qanday kasalliklarga sabab bo‘ladi?

Kondisionerdan muntazam foydalanish qanday kasalliklarga sabab bo‘ladi?

Bu haqdaTibbiyot fanlari nomzodi Durdona Alimova shunday deydi.

Yozning jazirama kunlarida kondisionerdan muntazam va noto‘g‘ri foydalanish turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

«Issiq kunlarda kondisionerning salqin havo oqimi, ayniqsa, go‘daklar va yoshi katta kishilarga ijobiy ta’sir etadi. Sababi ularda tanani sovitish tizimi mukammal bo‘lmaydi. Biroq bu qurilma tagida uzoq vaqt o‘tirish har qanday inson salomatligida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

\1️⃣Xonada namlik yo‘qolib, havo kislorod bilan to‘yinmaydi. Vaqt o‘tishi bilan teri quruqlashib, ajinlar paydo bo‘ladi.

2️⃣Salqin xonadan issiq joyga chiqish, ya’ni ikki xil ekstremal harorat tanada stress reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu yurak-qon tomir kasalliklarini qo‘zg‘ashi mumkin.

3️⃣Qon bosimi odatda issiqdan ko‘ra, sovuq havoda yuqori bo‘ladi. Chunki, salqin harorat qon tomirlarining siqilishi va spazmlarga olib keladi. Shunday ekan kondisioner tagida uzoq vaqt o‘tirish sistolik va diastolik qon bosimini ko‘taradi.

4️⃣Tana haroratini tushirib yuboradi. Oqibatda bronxit, tomoq, bel va bo‘yin og‘riqlari yuzaga keladi.

5️⃣Kondisionerlarda nafas tizimi infeksiyalarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar to‘planib, bu holat allergik kasalligi bor insonlarga salbiy ta’sir etishi mumkin

Kiritildi: Bugun 12:37. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!